Eronning Xuziston viloyatida 10 qavatli bino qulab tushdi

Hozirda hodisa oqibatida 7 kishi jarohatlangan, ularning barchasi mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Yana bir kishi vafot etgan.

1831295
Eronning Xuziston viloyatida 10 qavatli bino qulab tushdi

 

Eronning janubi-g‘arbidagi Xuziston provinsiyasidagi Abadan shahrida o‘n qavatli ofis binosi qulab tushdi, bir kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Eron davlat televideniyesi xabar berdi.

“Amiri ko‘chasidagi ofis binosining bir necha qismi qulab tushdi. Bino xodimlari to‘liq evakuatsiya qilindi. Qulash natijasida bino yaqinida joylashgan avtomobillarga zarar yetdi”, deyiladi xabarda. 

Hozirda hodisa oqibatida 7 kishi jarohatlangan, ularning barchasi mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Yana bir kishi vafot etgan.

Harobalar tagida ko'plab insonlarning borligi taxmin qilinmoqda.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Eron

Aloqador xabarlar