Davosda Jahon iqtisodiy forumi o'z ishini boshladi

Shveysariyaning Davos shahrida o'tkaziladigan mazkur forumda 50 ta davlat rahbarlari, 300 ta hukumat vakillari va 2500 ga yaqin global biznes vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

1830650
Davosda Jahon iqtisodiy forumi o'z ishini boshladi

 

Shveysariyaning Davos shahrida Davos sammiti sifatida tanilgan Jahon iqtisodiy forumi (WEF) 2 yillik tanaffusdan so'ng o'z ishini boshladi.

Oxirgi marta 2020-yil yanvar oyida oʻtkazilgan Forum epidemiya sababli ikki yil ketma-ket qoldirilgandi.

Pandemiya sababli muqobil onlayn uchrashuvlar oʻtkazildi.

Mazkur forumda 50 ta davlat rahbarlari, 300 ta hukumat vakillari va 2500 ga yaqin global biznes vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Sammit doirasida 23-26 may kunlari “Ochiq forum” sarlavhasi ostida ochiq tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Covid-19 epidemiyasining oqibatlari, Rossiyaning 24-fevraldan beri Ukrainaga qarshi urush boshlagani va Yevropada tinchlik uchun ko'p tomonlama munosabatlarning roli muhokama qilinadi.

Jahon iqtisodiy forumining bu yilgi mavzusi "Burilish nuqtasidagi sana; Hukumat siyosati va biznes dunyosi strategiyalari" deb belgilandi.

Forum oʻz oldiga “dunyo ahvolini yaxshilash” deb maqsad qo'ygan boʻlsa-da, soʻnggi yillarda bu maqsadga erishdimi, degan savollar tugʻila boshladi.

Bu yil 50-marta o'tkazilayotgan Jahon iqtisodiy forumi (WEF) 26 may kuni o'z nihoyasiga yetadi.


Tanlangan kalimalar: #Jahon iqtisodiy forumi , #Davos

Aloqador xabarlar