Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi uchun 15-20 yil vaqt kerak

Bu haqda Fransiyaning Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Kleman Beaune ma'lum qildi.

1830605
Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi uchun 15-20 yil vaqt kerak

 

Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi uchun 15-20 yil vaqt kerak.

Bu haqda Fransiyaning Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Kleman Beaune ma'lum qildi.

U Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainani Yevropa Ittifoqiga tezroq integratsiyalashuviga yordam beradigan “Yevropa siyosiy hamjamiyatini” tashkil etish taklifini ilgari surdi.

“Men ukrainaliklarga hech qanday chalg'itish yoki yolg‘on ifoda aytmoqchi emasman",-dedi Fransiyaning Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri.

U radiokanalga bergan intervyusida, “Biz ro'stgo'y bo'lishimiz kerak. Agar siz Ukraina Yevropa Ittifoqiga olti oy yoki bir-ikki yil ichida qo‘shiladi desangiz, yolg‘on gapirgan bo'lasiz. Buning uchun 15-20 yil vaqt kerak",-dedi.

Prezident Makronning Yevropa siyosiy hamjamiyatiga qaratilgan tashabbusi iyun oyida Yevropa Ittifoqi sammitida muhokama qilinishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Ukraina , #Kleman Beaune

Aloqador xabarlar