AQSh Senati Ukrainaga 40 mlrd dollarlik yordam paketini tasdiqladi

Paket Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam, shuningdek, u yoki bu mamlakatdagi vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan turli xarajatlarni o‘z ichiga oladi.

1829603
AQSh Senati Ukrainaga 40 mlrd dollarlik yordam paketini tasdiqladi

 

AQSh Kongressi Senati Ukrainaga 40 milliard dollarlik yangi yordam paketini ma’qullab, qonun loyihasini imzolash uchun Prezident Jo Baydenga yubordi.

Senat Bosh Assambleyasida 11 senatorning “yo‘q” ovoziga qarshi 86 senatorning “ha” ovozi bilan qabul qilingan paket uchun 3 senator ovoz bermadi.

Endilikda paket uchun Prezident Jo Baydenning roziligi talab qilinadi.

Paket Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam, shuningdek, u yoki bu mamlakatdagi vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan turli xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Kongress bu miqdorni Bayden so‘ragan 33 milliard dollardan deyarli 40 milliard dollarga oshirdi.

Ayni paytda, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Amerika armiyasining Ukrainaga inventarizatsiya qilingan 100 million dollarlik 10-harbiy yordam paketini ma'qullaganini ma'lum qildi.

“Prezident Jo Bayden topshirigʻiga koʻra, men Ukraina mudofaasi uchun 100 million dollargacha boʻlgan 10-qoʻshimcha qurol va jihozlarni yetkazib berishga ruxsat berdim. Bu Rossiyaning 24-fevral kuni Ukrainaga shafqatsiz bosqinni boshlaganidan beri AQShning Ukrainaga yetkazgan qurol-aslaha va texnika yordami salkam 3,9 milliard dollarni tashkil qilmoqda”,-deb aytgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #AQSh

Aloqador xabarlar