Podolyak: Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi hay’atlararo muzokara jarayoni to‘xtadi

Mixail Podolyak, 24-fevralda, urush boshlaganidan beri Ukrainadagi vaziyatning ancha o‘zgarganini ma’lum qildi.

1828736
Podolyak: Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi hay’atlararo muzokara jarayoni to‘xtadi

Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyakning qayd etishicha, Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi hay’atlararo muzokara jarayoni to‘xtatilgan.

Mixail Podolyak, 24-fevralda, urush boshlaganidan beri Ukrainadagi vaziyatning ancha o‘zgarganini ma’lum qildi.

Rossiya yetakchiligining buni haligacha tushunmaganini ta’kidlagan Podolyak, Rossiya o‘zgarishlarni e’tiborga olmagani bois Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni tugatish uchun olib borilgan hay’atlararo muzokara jarayoni to‘xtatilganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Podolyak bu haqida:

“Muzokaralar jarayoni Ukrainadagi voqealarning qanday kechayotganiga bog‘liq. Istanbul deklaratsiyasidan keyin sezilarli o‘zgarish yoki oldinga siljish qayd etilmadi. Shu bois jarayon to‘xtatildi. Rossiya haligacha har doimgi fikridan qaytmadi. Urushning sakson ikkinchi kunida ham, umuman olganda, Ukrainadagi vaziyatning boshidan beri ular o‘ylagandek bir xil emasligini tushunmadi. Ammo shuni ta’kidlamoqchiman; har qanday urush yana muzokara muhitida yakun topadi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rossiya va Ukraina hay’atlari oʻq uzishni toʻxtatish uchun Belarusning Gomel va Brest shaharlarida uch marta, Turkiyaning esa, Istanbul shahrida bir marta yuzma-yuz muzokara oʻtkazgandi. Mart oyining yigirma to‘qqizida uyushtirilgan muzokaralarda esa, oʻq uzishni toʻxtatishga erishish yoʻlida maʼnoli qadam tashlangandi.



Aloqador xabarlar