Finlyandiya va Shvetsiya NATOga aʼzolik uchun rasmiy arizasini topshirdi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg maktublarni Belgiya poytaxti Bryusselda Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOda akkreditatsiyadan o‘tgan elchilaridan qabul qilib oldi.

1828584
Finlyandiya va Shvetsiya NATOga aʼzolik uchun rasmiy arizasini topshirdi

 

Finlyandiya va Shvetsiya NATOga aʼzo boʻlish uchun oʻzlarining rasmiy arizalarini NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergga topshirdi.

Bosh kotib Stoltenberg maktublarni Belgiya poytaxti Bryusselda Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOda akkreditatsiyadan o‘tgan elchilaridan qabul qilib oldi.

Stoltenberg bu yerda jurnalistlar bilan suhbatda, har bir davlat oʻz yoʻlini tanlash huquqiga ega ekanligini va ikki davlatning talablarini olqishlashini bildirdi.

Yens Stoltenbergning aytishicha, Shvetsiya va Finlyandiyaning aʼzo boʻlishi NATO xavfsizligini kuchaytiradi.

"Bugungi taqdimotlar tarixiy qadamdir. Endi ittifoqchilar NATOga boradigan yo'lni ko'rib chiqadilar. Barcha ittifoqchilarning xavfsizlik bilan bog'liq xavotirlari inobatga olinishi kerak. Biz barcha masalalarni batafsil ko'rib chiqishga va tez yechim topishga qaror qildik",-dedi Stoltenberg.

Uning ta'kidlashicha, barcha ittifoqchilar NATOning kengayishi zarurligida hamfikrdir.


Tanlangan kalimalar: #Finlyandiya , #Shvetsiya , #NATO

Aloqador xabarlar