Stoltenberg:"Turkiyaning xavfsizlik muammolarini hal qilish zarur"

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan telefon orqali muloqot qilganligini ma’lum qildi.

1828325
Stoltenberg:"Turkiyaning xavfsizlik muammolarini hal qilish zarur"

 

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan telefon orqali muloqot qilganligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Turkiyaning xavfsizlik muammolarini hal qilish zarur.

Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

Stoltenberg o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida Chavusho‘g‘li bilan telefon orqali suhbatlashgani haqida yozgan.

Bosh kotibning ta’kidlashicha, suhbat chog‘ida Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berish masalasi muhokama qilingan.

Shuningdek, Yens Stoltenberg Turkiya qimmatli ittifoqchi ekanini va uning har qanday xavfsizlik masalasi hal qilinishi kerakligini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 16 may kuni Anqara Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishiga rozi bo‘lmasligini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yens Stoltenberg , #NATO

Aloqador xabarlar