Avstriyada koronavirusga qarshi joriy etilgan cheklovlar bekor qilindi

Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlangan yangi sayohat tartibi to'g'risidagi qaror, Rasmiy gazetada e'lon qilinganidan keyin kuchga kirdi.

1827522
Avstriyada koronavirusga qarshi joriy etilgan cheklovlar bekor qilindi

 

Avstriyada kuchga kirgan yangi sayohat reglamentiga ko'ra, koronavirus (Kovid-19) epidemiyasi sababli mamlakatda joriy etilgan cheklovlar bekor qilindi.

Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlangan yangi sayohat tartibi to'g'risidagi qaror, Rasmiy gazetada e'lon qilinganidan keyin kuchga kirdi.

Bunga ko‘ra, qariyb ikki yil davomida mamlakatga kirish uchun joriy etilgan turli cheklovlar butunlay bekor qilindi.

Shunday qilib, mamlakatga sayohat qiladiganlar hech qanday hujjat ko‘rsatmasdan kirishlari mumkin bo‘ladi.

Koronavirusga qarshi chora-tadbirlarning aksariyati bekor qilingan mamlakatda jamoat transporti, sog'liqni saqlash markazlari va savdo joylarida niqob taqish majburiyati hamon o'z kuchini saqlab qoladi.

Taxminan 10 million aholiga ega Avstriyada hozirgacha 18 ming 303 kishi koronavirusdan vafot etdi, 4 million 212 ming 492 kishi virusga chalindi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Avstriya

Aloqador xabarlar