AQShdagi maktab-internatlar hududida 500 ta qabr aniqlangan

Amerika Qo'shma Shtatlarida (AQSh) 53 ta  maktab-internatlarda qizil tanlik  amerikalik oilalarning farzandlariga tegishli deb hisoblangan 500 ta qabr aniqlandi.

1825865
AQShdagi maktab-internatlar hududida 500 ta qabr aniqlangan

 

Amerika Qo'shma Shtatlarida (AQSh) 53 ta  maktab-internatlarda qizil tanlik  amerikalik oilalarning farzandlariga tegishli deb hisoblangan 500 ta qabr aniqlandi.

Mahalliy amerikaliklarning farzandlari majburan qamoqqa olingan maktab-internatlar haqida ilk bor tayyorlangan federal hisobotda hozirgacha 53 xil hududda 500 dafn joyi aniqlangan va rasmiylar bu raqamning ortishi mumkinligini bildirgan.

Ichki ishlar vaziri Deb Xoland matbuoti anjuamnida shunday dedi:

"Ushbu bolalarning har biri yo'qolgan oila a'zosi va bu dunyoda o'z maqsadlariga erisha olmaydigan shaxsdir, chunki ular dahshatli tizimning bir qismi sifatida o'z hayotlarini yo'qotdilar." Deya  o‘z bayonotini berdi.

Haalandning o'zi  ham tubjoy amerikalik oiladan.

"Tuqiy Amerika maktab-internatlari siyosatining oqibatlari yurakni ranjitadi va inkor etib bo'lmaydi. Bu siyosatlarning abadiy merosiga murojaat qilish mening ustuvor vazifamdir, shunda mahalliy xalqlar o'sishda va yaxshilanishda davom etadilar." dedi.

Ichki ishlar vazirligining bu boradagi hisobotida amerikalik tubjoy bolalarni assimilyatsiya qilish uchun ochilgan 400 dan ortiq maktablar 19-asr boshidan  mahalliy xalq  oʻz yerlaridan quvib chiqarilishi bilan bir vaqtga toʻgʻri kelgan 150 yil davomida faoliyat yuritganiga eʼtibor qaratildi.

Hisobotda aytilishicha, Oklaxoma, Arizona va Nyu-Meksiko shtatlarida joylashgan 37 shtat yoki hududda faoliyat yuritgan   maktablarda tubjoy amerikalik bolalarga o'z tillarida gapirish taqiqlangan, inglizcha ismlar berilgan, sochlari qisqartirilgan va tizimli ravishda shaxsni o'zgartirish metodologiyalari, shu jumladan majburiy mehnat ham qildirilgan.

Hisobotda, shuningdek, ushbu maktablarda o'sgan va tirik qolgan hindular, agar bolalar o'z tillarida gapirsa yoki ularning madaniyatiga amal qilsalar, bir kishilik kameraga o'tirish, kamsitish, qamchilash, ovqat bermaslik, tarsaki urish va qo'llarini kishanlash bilan jazolan



Aloqador xabarlar