Burkina-Fasoda hujumchilar 65 mahbusni ozod qildi

Hujumchilar Burkina-Faso shimoli-g‘arbidagi qamoqxonaga bostirib kirib, 65 mahbusni ozod qildi.

1824265
Burkina-Fasoda hujumchilar 65 mahbusni ozod qildi

 

Hujumchilar Burkina-Faso shimoli-g‘arbidagi qamoqxonaga bostirib kirib, 65 mahbusni ozod qildi.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, Nouna shahriga yo‘ltanlamas avtomobillar va mototsikllar bilan borgan noma’lum qurolli shaxslar shaharni o‘rab olishgan.

Keyinroq hujumchilar shahar qamoqxonasiga yo‘l olgan va xavfsizlik kuchlari bilan taxminan 5 soat kurashgandan so‘ng uni nazoratga olgan.

Hujumchilar qamoqxonadan 65 mahbusni ozod qildi.

Voqeada 1 nafar ko'ngilli militsioner hayotdan ko'z yumgan bo'lsa, qamoqxonaga tegishli ko'plab transport vositalari yonib ketgan va idoralar yaroqsiz holga kelgan.

Hujum uchun javobgarlikni hech kim zimmasiga olmadi.

Qo‘shni Malidagi “Al-Qoida” va DAIShga aloqador terrorchilik guruhlari 2015-yildan beri Burkina-Faso shimoli va sharqida tez-tez hujumlar uyushtirib keladi.

Hukumat maʼlumotlariga koʻra, 2015-yildan 2021-yil dekabrigacha boʻlgan hujumlarda 2000 kishi halok boʻlgan, ulardan 600 nafari xavfsizlik kuchlari edi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ozod , #65 mahbusni , #Hujumchilar , #Burkina-Faso

Aloqador xabarlar