Yamanda 33 mingdan ortiq aholi uy-joyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan

Yangi yildan boshlab Yamanda 33 mingdan ortiq kishi o‘z yashash joylaridan ko‘chib ketishga majbur bo‘lgani e’lon qilindi.

1818125
Yamanda 33 mingdan ortiq aholi uy-joyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan

 

Yangi yildan boshlab Yamanda 33 mingdan ortiq kishi o‘z yashash joylaridan ko‘chib ketishga majbur bo‘lgani e’lon qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko'ra, Tashkilotga aloqador guruhlar, bu yil Yamanda uylarini tark etishga majbur bo'lgan oilalar sonining 5 ming 556 ekanligini aniqladi.

Bu oilalar jami 33336 kishidan iborat boʻlsa, migratsiya 2022-yil boshidan 23-aprelgacha sodir boʻlgan.

Muhojirlarning aksariyati Hudayde, Taiz va Dali shaharlaridagi to'qnashuvlar tufayli o'z joylarini tark etgan.

Yamandagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar 2014-yil sentabridan buyon poytaxt Sana va ayrim hududlarni nazorat qilib kelmoqda. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yilning mart oyidan beri husiylarga qarshi Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlab keladi.

Mamlakatda 7 yildan beri davom etgan to'qnashuvlarda 377 mingga yaqin odam hayotdan ko'z yumdi. Dunyoning eng qashshoq davlatlari qatoridan joy olgan Yamandagi fuqarolar urushi tufayli kuchaygan gumanitar inqiroz dahshatli miqyosga yetdi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Majbur , #ko‘chish , #33 ming , #Yaman

Aloqador xabarlar