Meksika oxirgi 4 kun ichida 6000 noqonuniy muhojirni qo'lga olinganini bildirdi

Meksika oxirgi 4 kun ichida Qo'shma Shtatlar (AQSh) chegarasiga yetishish uchun noqonuniy yo'llar bilan mamlakatga kirgan 6000 noqonuniy muhojirning qo'lga olinganini bildirdi.

1818178

Milliy Migratsiya Instituti (INM) tomonidan berilgan bayonotda, qo'lga olingan muhojirlarning aksariyati Gonduras, Kuba, Gvatemala, Nikaragua, El Salvador, Kolumbiya, Venesuela, Peru, Ekvador va Gaitidan bo'lganligi ta'kidlandi.

Bayonotda, oxirgi 4 kun ichida qo'lga olingan 6 ming muhojirdan 200 nafarining hamrohsiz bolalar ekanligi, bu odamlarning ovqat va ichimliksiz yomon sharoitlarda bo'lgani qayd etildi.

Bayonotda, so'nggi paytlarda tartibsiz muhojirlar soni yana ko'payganiga e'tibor qaratilib, odam savdogarlari muhojirlarni AQShga olib ketamiz va'dalari bilan aldashayotgani ta'kidlandi.

Ko'p yillar davomida Markaziy Amerika davlatlaridan yo'lga chiqqan ko'plab tartibsiz muhojirlar Gvatemala va Meksika orqali AQShga borishga harakat qilmoqda.

Tanlangan kalimalar: #6000 noqonuniy muhojir , #AQSh , #Meksika

Aloqador xabarlar