Afg‘onistonda qizamiq tufayli 130 dan ortiq bola halok bo‘ldi

Afg‘onistonda bu yil boshidan beri qizamiq tufayli 130 dan ortiq bola halok bo‘ldi.

1816027
Afg‘onistonda qizamiq tufayli 130 dan ortiq bola halok bo‘ldi

Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) 2021-yilning avgust oyida mamlakatni tark etishi ortidan xalqaro yordamlarning uzilishi va iqtisodiy inqirozning chuqurlashishi kabi muammolar avj olgan Afg‘onistonda urush, ochlik va qashshoqlikdan eng koʻp bolalar ziyon ko‘rmoqda.

Tolibon muvaqqat hukumatining Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil boshidan buyon mamlakat boʻylab 16 mingdan ortiq bola qizamiqqa chalingan.

Rasmiylar bu jarayonda 130 dan ortiq bolaning qizamiqdan vafot etganini bildirdi. O‘ta yuqumli kasallik hisoblangan qizamiq ayniqsa bolalarga ta’sir qilmoqda. U tufayli jon bergan bolalar eng ko‘p Kobul, Hilmand va Qunduz viloyatlarida uchrar ekan, holatlarning ko‘pchiligi esa Qunduz, Juzjon, Hirot va Gor viloyatlarida qayd etilgan.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 13-mart kuni Afg‘onistonda o‘n minglab insonning qizamiqqa chalingani va yanvar oyining o‘zida 150 dan ortiq kishining vafot etganini ma’lum qilgandi. Haqiqiy raqamlarning bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkunligini ifoda etgan JSST, kelasi haftalarda o‘limlarning keskin ortish ehtimoli borligiga ham e’tibor qaratgan.

Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti 12-mart kuni esa mamlakatda qizamiqqa qarshi emlash kampaniyasini boshlatdi. Shu o‘rinda minglab tibbiy xodim Afg‘onistonning 24 viloyati va 49 mintaqasida 5 yoshgacha bo‘lgan 1,2 milliondan ortiq bolani emlashni rejalashtirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Afg‘oniston , #JSST , #AQSh , #qizamiq

Aloqador xabarlar