Idlibga qarshi hujum uyushtirildi

Idlibdagi taranglikni kamaytirish zonasiga qarshi hujum uyushtirildi.

1806827
Idlibga qarshi hujum uyushtirildi

Suriyada Asad rejimi bilan uni qo‘llab-quvvatlagan Eron nazoratidagi terror guruhlari, Idlibdagi taranglikni kamaytirish zonasidagi otashkesimni buzib, tinch aholi turar-joy punktlariga qarshi o‘q uzdi. Oqibati esa 3 bolaning umriga zomin bo‘ldi.

Halabning g‘arbidagi Kefer Halab qishlog‘iga joylashib olgan Asad rejimi kuchlari bilan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan chet ellik terrorist guruhlardan tashkil topgan rejim kuchlari, Idlibning shimoli-g‘arbidagi Maratnasan qishlog‘iga qarshi quruqlikdan quriqlikka foydalanilgan qurollar orqali hujum uyushtirdi.

Harbiy bo‘lmagan mudofaa manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, otashkesimni buzgan ushbu hujumda 3 bola hayotdan ko‘z yumgan.

Shuningdek, kun davomida Rossiya harbiy uchoqlari Idlib janubidagi Sfohin va Fileyfin qishloqlariga qarshi 4 marotaba havodan hujumi uyushtirgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Idlib , #otashkesim , #Asad rejimi

Aloqador xabarlar