Jonson Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda Turkiya o‘rniga e’tibor qaratdi

Boris Jonson NATO va G-7 yig‘ilishlari ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

1801897
Jonson Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda Turkiya o‘rniga e’tibor qaratdi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini nazarda tutgan holda Turkiyaning bugungi kundagi eng yirik hissasining TB2 ekanini qayd etdi.

Boris Jonson NATO va G-7 yig‘ilishlari ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

Britaniya Bosh vaziriga matbuot a’zosi, “(Prezident Rejep Tayyip) Erdo‘g‘an bilan uchrashdingiz. Turkiya bilan Britaniya Ukrainaning yaqin do‘stlari. Ukrainani bundan ham ko‘proq qurol-yaroq bilan ta’minlay olaman degandingiz lekin havo mudofaasi haqida gapirmadingiz.  Qanday qurollar? Ukrainaga nimalar kerak?”-degan savol bilan murojaat qildi.

Boris Jonson esa ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

“Turkiyaning bugungi kundagi eng yirik hissasi, menimcha eng ahamiyatlisi «TB2»lar degan fikrdaman. Britaniya ta’minlagan narsalarni esa siz ham ko‘rganingizdan aminman. Havo mudofaamiz va ulardan ukrainaliklar qanday foydalanishi kerakligiga yordam beryapmiz”.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.



Aloqador xabarlar