Konashenkov rus kuchlarining kecha 12 kilometr ilgarilaganiga e’tibor qaratdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati kotibi Igor Konashenkov, rus kuchlarining kecha 12 kilometr ilgarilaganiga e’tibor qaratdi.

1798791
Konashenkov rus kuchlarining kecha 12 kilometr ilgarilaganiga e’tibor qaratdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati kotibi Igor Konashenkov, Rossiya Harbiy-havo kuchlarining bir kunda Ukraina armiyasiga tegishli 89 ta harbiy obyektni yo‘q qilganini ma’lum qildi.

Igor Konashenkov Rus Qurolli kuchlari oldida Ukraina Qurolli kuchlarining “Donbass” bataloni mag‘lubiyatga uchraganini qayd etdi.

Rus kuchlarining kecha 12 kilometr ilgarilaganiga e’tibor qaratgan Konashenkov, Rossiya Harbiy-havo kuchlarining Ukraina armiyasiga tegishli 89 ta harbiy obyektni yo‘q qilganini bildirdi. Konashenkov bu haqida:

“Ular orasida 4 ta qo‘mondonlik markazi, 2 ta ko‘p stvolli raketa otuvchi moslama, 9 ta gaubitsa, 5 ta raketa, og‘ir qurol va o‘q-dori ombori shuningdek, harbiy texnika vositalari saqlangam 65 nuqta yo‘q qilindi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rus havo mudofaa tizimlarining havoda 9 ta insonsiz havo vositasini urib tushirganini ham o‘z so‘ziga ilova etgan Konashenkov:

“Bugungacha Ukraina armiyasiga tegishli 214 ta insonsiz havo transporti, 1 ming 483 ta tank va zirhli vosita, 150 ta koʻp stvolli raketa otuvchi moslama, 584 ta gaubitsa va minomyot, 1 ming 279 ta maxsus harbiy texnika yoʻq qilindi”.-deya gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Donbas , #rus kuchlari , #Igor Konashenkov

Aloqador xabarlar