JSST:Ukrainada tibbiyot xodimlari va shifoxonalarga qarshi 43ta hujum sodir etilgan

24 fevral kuni Rossiya urush e'lon qilgan Ukrainaning Chernigov shahrida bombalangan yotoqxona vayronalari orasidan 3 nafari bola bo'lgan 5 kishining jasadi topildi.

1796972
JSST:Ukrainada tibbiyot xodimlari va shifoxonalarga qarshi 43ta hujum sodir etilgan

 

24 fevral kuni Rossiya urush e'lon qilgan Ukrainaning Chernigov shahrida bombalangan yotoqxona vayronalari orasidan 3 nafari bola bo'lgan 5 kishining jasadi topildi.

Ukraina Davlat Favqulodda vaziyatlar xizmati tomonidan berilgan bayonotda, qidiruv-qutqaruv guruhlari Chernigov shahrida 7 marta yong‘inni o‘chirishda va 4 marta binolardan vayronalarni olib tashlashda ishtirok etgani qayd etildi.

Bayonotda, Rossiya armiyasining bombardimonidan keyin guruhlar bir yotoqxona qoldiqlarini olib tashlash ustida ish olib borar ekan, 3 nafari bola bo'lgan 5 kishining jasadi topilgani bildirildi.

Rus armiyasi kecha Chernihivda non qatorida kutib turgan tinch aholiga qarata o't ochar ekan, mahalliy matbuot bu hujumda kamida 10 tinch fuqaroning hayotini yuqotganini da'vo qildi.

Ukraina Bosh shtabi Rossiya armiyasi Mariupol viloyatida urushdan qochgan tinch aholini evakuatsiya qilish karvoniga qarata o‘t ochganini ma’lum qildi.

Bosh shtab tomonidan berilgan bayonotda, Rossiya armiyasining Mariupoldagi urushdan qochib Zaporojye viloyatiga ketayotgan evakuatsiya karvoniga kunduzi yorug'lik vaqtida ko'p barrelli raketa tizimidan o't ochgani qayd etildi.

Bayonotda birinchi aniqliklarga ko'ra, hujumda qurbon bo'lganlar va yaralanganlar borligi ma'lumotlari o'rin olgan, hayotdan ko'z yumganlar orasida bolalar ham borligi bildirildi.

Mariupol shahar kengashi, shuningdek, Rossiya samolyotlari shahardagi yuzlab tinch aholi yashiringan teatr binosini bombalagani haqida xabar berdi.

Ayni paytda, 11-mart kuni Rossiya armiyasi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Melitopol hokimi Ivan Fedorov ozod etilgani ma’lum qilindi.

Prezident devonining matbuot kotibi Daria Zarivnaya mahalliy televideniyeda qilgan chiqishida Melitopol meri Ivan Fedorov o'rniga urush paytida asirga olingan 9 nafar rus askari kelganini aytdi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST), shuningdek, Ukrainada hozirgacha tibbiyot xodimlari va ularning binolariga qarshi 43 ta hujum uyushtirilganini e'lon qildi.

 



Aloqador xabarlar