Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakis koronavirusga chalindi

Michotakisning koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija ko'rsatgan. Bosh vazir karantin davrida uyidan ishlashda davom etadi.

1795437
Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakis koronavirusga chalindi

 

Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Michotakis koronavirusga chalindi.

Ma'lumotga ko'ra, unda kasallik yengil shaklda kechmoqda.

Bu haqda hukumat kotibi Yannis Ikonomi matbuotga bergan brifingda ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Michotakisning koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija ko'rsatgan. Bosh vazir karantin davrida uyidan ishlashda davom etadi.

Michotakis, shuningdek, ijtimoiy tarmoq orqali kasallikning yengil o'tishida uch dozali vaktsinani qo'llash muhimligiga e'tibor qaratdi.

"Ishonchim komilki, hammasi yaxshi bo'ladi va men tez orada o'z vazifamga qaytaman",-dedi u.

Siyosatchi to‘liq emlangani, shuningdek, buster dozani ham olgani sababli kasallik unda emlanmaganlarga nisbatan “ancha yengil” o‘tmoqda.

Hukumat kotibining so‘zlariga ko‘ra, u besh kun davomida o‘zini o‘zi yakkalaydi. Bu vaqt davomida u barcha vakolatlarini saqlab qoladi va muhim uchrashuvlarda “imkon doirasida” onlayn shaklda ishtirok etadi.

Eslatma: Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Michotakis 13-mart kuni Turkiyaga tashrif buyurib, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an tomonidan qabul qilingandi.

 



Aloqador xabarlar