Yaman ayollar uchun eng qiyin davlatlardan biri ekanligi bildirildi

Yevropa Ittifoqi (YI) Yaman missiyasi vitse-prezidenti Marion Lisse 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bergan yozma bayonotida Yamandagi ayollarning ahvoliga to’xtaldi.

1791635
Yaman ayollar uchun eng qiyin davlatlardan biri ekanligi bildirildi

Yaman ayollar uchun eng qiyin davlatlardan biri ekanligi bildirildi.

Yevropa Ittifoqi (YI) Yaman missiyasi vitse-prezidenti Marion Lisse 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bergan yozma bayonotida Yamandagi ayollarning ahvoliga to’xtaldi.

Yaman ayollar uchun dunyodagi eng qiyin davlatlardan biri” dedi. Lissening aytishicha, mamlakatda tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlash uchun ayollar va erkaklarning iqtisodiyotda teng ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega.

Yevropa Ittifoqining har sohada yamanlik ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga katta ahamiyat berganini ta'kidlagan Lisse, Yamandagi barcha Yevropa Ittifoqi loyihalari ayniqsa ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilganligini ta'kidladi.

Yamandagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar 2014-yil sentabridan buyon poytaxt Sana va ayrim hududlarni nazorat qilib kelmoqda. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yilning mart oyidan beri husiylarga qarshi Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlab keladi

Mamlakatda qariyb 7 yil davom etgan mojarolarda qariyb 377 ming kishi hayotdan ko'z yumdi. Eng qashshoq davlatlar qatoridan joy olgan Yamandagi fuqarolar urushi tufayli kuchaygan gumanitar inqiroz dahshatli miqyosga yetdi.



Aloqador xabarlar