BMT Tolibon bilan inson huquqlari bo'yicha hamkorlikni davom ettirmoqchi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Mishel Bachelet, Afg'onistonda inson huquqlarini himoya qilish uchun mamlakatni o'z nazoratiga olgan Tolibon bilan hamkorlikni davom ettirishlarini bildirdi.

1791564

Oliy komissar Mishel Bachelet BMT Inson huquqlari kengashining 49-sessiyasidagi nutqida Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatni baholadi.

Bachelet mamlakatda ziddiyatlar sezilarli darajada kamayganiga qaramay, inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat hamon tashvishli ekanini ta’kidladi.

“Avvalgi hukumat a’zolarining xavfsizligi ko’p marta kafolatlanganiga qaramay, biz avgust oyidan beri Afg’oniston Milliy Xavfsizlik va Mudofaa Korpusining 100 dan ortiq xodimi de-fakto rasmiylar tomonidan sudsiz qotilliklarda o’ldirilgani haqida xabarlar oldik”. dedi.

Mamlakatdagi muvaqqat Tolibon hukumatini qonuniy majburiyatlarini bajarishga chaqirishda davom etishini ta’kidlagan Bachelet, ayniqsa, ayollarning ta’limdagi ishtiroki mamlakat kelajagi va taraqqiyoti uchun muhim ekanini ta’kidladi.

Bachelet bu jarayonda BMTning mamlakatdagi faoliyatining ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

"Afg'onistondagi inson huquqlari bo'yicha xodimlarimiz afg'on xalqi huquqlarini himoya qilish va rag'batlantirish uchun de-fakto vakolatlari bilan ishlashda davom etadilar". iborasini ishlatgan.

Aloqador xabarlar