Anjelina Joli toʻqnashuvlar sabab boʻlgan insoniy falokatga e’tibor qaratdi

BMTning yaxshi niyat elchisi va aktrisa Anjelina Joli, Lahij shahridagi qochqinlar lagerida boʻldi.

1791083
Anjelina Joli toʻqnashuvlar sabab boʻlgan insoniy falokatga e’tibor qaratdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) yaxshi niyat elchisi va aktrisa Anjelina Joli, toʻqnashuvlar sabab boʻlgan insoniy falokatga e’tibor qaratish uchun borgan Yamanda, bir lagerga tashrif buyurdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar ishi boʻyicha boshqarmasi (UNHCR) Yaman ofisi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga koʻra, mamlakatda eng avvalo Lahij shahridagi qochqinlar lagerida boʻlgan Joli, yashash uchun kurashayotgan yamanlik ayollar bilan suhbatlashgan.

UNHCR bayonotida, Lahijdagi toʻqnashuvlardan qochish uchun oʻz uy-joyini tark etib, shaharning boshqa joylarida jon saqlashga majbur qolgan 35 oilaning, ogʻir sharoitlarda omon qolish uchun kurash olib borayotgani bildirildi.

Anjelina Joli Yamandagi toʻqnashuvlar tufayli yuzaga kelgan insoniy falokatga e’tibor qaratish uchun kecha Yamanga borgandi.

Uzoq vaqtdan beri siyosiy beqarorlik hukm surayotgan Yamanda husiylar, 2014-yilning sentabr oyidan beri poytaxt Sana va ba’zi hududlarni nazorat ostida tutmoqda.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari esa 2015-yilning mart oyidan beri husiylarga qarshi Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Mamlakatda 7 yildan beri davom etayotgan toʻqnashuvlarda qariyb 377 nafar inson hayotdan koʻz yumdi. Dunyoning eng qashshoq davlatlari qatoridan joy olgan Yamandagi ichki urush tufayli avj olgan insoniy inqiroz esa bugungi kunga kelib dahshatli tus oldi.

Mamlakatda toza suvning yo‘qligi, to‘yib ovqatlanmaslik, dori-darmon va tibbiy buyumlarning kamchiligi kabi sabablar ham, vabo bosh boʻlish bilan birga turli yuqumli kasalliklar kelib chiqishiga yoʻl ochmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi vakili Stefan Dujarrik, Shvetsiya va Shveytsariya hukumatlari mezbonligida 16-mart kuni Yaman uchun xayriya aksiyasi tashkil etilishini ma’lum qilgandi.

 



Aloqador xabarlar