Afg‘onistonda Tolibon hukumati 4350 nafar a’zosini ishdan bo‘shatdi

Oxirgi 5 oyda 4350 nafar Tolibon a'zosi ishdan bo'shatilganini ifoda etgan Hakimi, ularning 135 nafarining qonuniy yoshga to'lmagan bolalar ekanligini bildirdi.

1782723
Afg‘onistonda Tolibon hukumati 4350 nafar a’zosini ishdan bo‘shatdi

 

Afg‘onistonda Tolibon muvaqqat hukumati 4350 nafar a’zosini ishdan bo‘shatdi.

Tolibon muvaqqat hukumatining Mudofaa vazirligi saflarni  tozalash komissiyasi rahbari Lutfulla Hakimiy matbuotga bergan bayonotida Tolibon nomi va vakolatlarini suiste'mol qilgan Tolibon a'zolarini ishdan bo'shatish jarayoni yakunlanganini aytdi.

Oxirgi 5 oyda 4350 nafar Tolibon a'zosi ishdan bo'shatilganini ifoda etgan Hakimi, ularning 135 nafarining qonuniy yoshga to'lmagan bolalar ekanligini bildirdi.

Hakimiy ta'kidlaganidek, shu yo'l bilan Tolibon safi yomon odamlardan tozalangan.

Ishdan bo'shatilgan Tolibon a'zolari orasida terror tashkiloti DEASH bilan aloqasi bo'lganlar ham borligini ifoda etgan Hakimi, ularning ham sudga yuborilganiga diqqat qaratdi.

So'z yuritilgan shaxslarning ishdan bo'shatilishi bilan Tolibon a'zolari soni qanchaga kamaygani hozircha ma'lum emas.

Boshqa tomondan, Tolibon muvaqqat hukumatining yangi armiya tashkil etish ishlari davom etmoqda.

Tolibon muvaqqat hukumati Mudofaa vazirligi mavzu yuzasidan 10 dekabr kuni yangi armiya tuzishga kirishganini e'lon qildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #ishdan bo‘shatdi , #A'zo , #4350 nafar , #Tolibon

Aloqador xabarlar