Liviya Bosh vaziri al-Dibeybening mashinasiga hujum sodir etildi

Liviya Bosh vaziri Abdulhamid al-Dibeybening mashinasiga qilingan qurolli hujumdan sog'-salomat qutulgani bildirildi.

1776209
Liviya Bosh vaziri al-Dibeybening mashinasiga hujum sodir etildi

 

Liviya Bosh vaziri Abdulhamid al-Dibeybening mashinasiga qilingan qurolli hujumdan sog'-salomat qutulgani bildirildi.

Al-Jaziraning Twitter sahifasida e'lon qilingan va Liviya manbalariga tayangan xabarda, Dibeybening mashinasiga poytaxt Tripolida qurolli hujum uyushtirilgani, lekin Bosh vazirning yaralanmagani bildirildi.

Ta’kidlanishicha, hujumchilar qochib ketgan va ularning shaxsi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

 

 



Aloqador xabarlar