Burkina – Fasoda isyonchilar podpolkovnik Damibani prezident etib tayinladi

Burkina-Fasoda 24 yanvar kuni davlat toʻntarishi ortida turgan shaxs, podpolkovnik Pol-Anri Sandaogo Damiba oʻzini prezident va bosh qoʻmondon deb eʼlon qildi.

1771356
Burkina – Fasoda isyonchilar podpolkovnik Damibani prezident etib tayinladi

 

Burkina-Fasoda 24 yanvar kuni davlat toʻntarishi ortida turgan shaxs, podpolkovnik Pol-Anri Sandaogo Damiba oʻzini prezident va bosh qoʻmondon deb eʼlon qildi.

Davlat televideniyesida o‘qilgan farmonda 24 yanvarda bekor qilingan konstitutsiya qayta tiklangani va barcha vakolatlar harbiylarga berilgani ma’lum qilingan.

Farmon bilan shtab boshlig'i Gilbert Uedraogo ham ishdan bo'shatildi.

Fransiyadan mustaqillikka erishgan 1960-yildan buyon 7 marta harbiy toʻntarishni boshdan kechirgan mamlakatda 24-yanvardan beri hibsda boʻlgan agʻdarilgan lider Roch Christian Kabore 2015-yilda ilk marotaba oʻtkazilgan demokratik saylovlar bilan hokimiyatga kelgan edi.

Kabore 2020 yilda ikkinchi muddatga saylangan va terrorizmga qarshi samarali kurashishga va'da bergan.

Hukumat 2015-yildan beri Al-Qoida va Daishga aloqador terrorchilik guruhlari tomonidan qoʻshni Malida, shimol va sharqda uyushtirilgan hujumlar uchun tez-tez tanqid qilinmoqda.

Kabore terrorizmga qarshi kurashni yanada samaraliroq qilish uchun bir muddat o'zini Mudofaa vaziri etib tayinlagan bo'lsa ham, jamoatchilik orasida tobora kuchayib borayotgan tanqidlardan qochib qutula olmadi.

Nihoyat, 2021-yil noyabr oyida mamlakatning Inata viloyatiga uyushtirilgan hujumda 49 nafar askar halok boʻldi, bu esa Kabore maʼmuriyatining qattiq tanqidiga sabab boʻldi.

Bir guruh askar 24-yanvar kuni ma’muriyatni qo’lga olganliklarini e’lon qildi va davlat televideniyesida davlat to’ntarishi bayonoti o’qildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar