BAA harbiylari Yamandan uchirilgan raketani urib tushirdi

Birlashgan Arab Amirliklarining havo hujumiga qarshi kuchlari Yamandagi Xusiylar isyonchi guruhi tomonidan uchirilgan ballistik raketani urib tushirdi. Raketaning yerga tushgan bo‘laklaridan hech kim jabr ko‘rmadi.

1770753
BAA harbiylari Yamandan uchirilgan raketani urib tushirdi

 

Birlashgan Arab Amirliklarining havo hujumiga qarshi kuchlari Yamandagi Xusiylar isyonchi guruhi tomonidan uchirilgan ballistik raketani urib tushirdi.

Raketaning yerga tushgan bo‘laklaridan hech kim jabr ko‘rmadi.

Bu haqda BAA mudofaa vazirligining Twitterdagi sahifasida e’lon qilingan.

"Mudofaa vazirligi Xusiylarning terrorchi guruhlari tomonidan BAAga uchirilgan raketani urib tushirganini ma’lum qiladi. Ushbu hujum oqibatida hech kim jabr ko‘rmadi, raketa bo‘laklari odamlar yashamaydigan hududga tushgan. BAA harbiy havo kuchlari va arab koalitsiyasi raketa uchirilgan joyni hamda raketa uchirish qurilmasini yo‘q qildi", – deyiladi xabarda.

Bu Xusiylarning yanvar oyida amirliklarga qilgan uchinchi hujumi hisoblanadi. Bundan avval o‘zi uchar qurilmadan Abu-Dabi neft kompaniyasiga uchirilgan raketa ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgandi. O‘shanda o‘ndan ortiq odam jarohat olgandi.

Yaman shimolini egallab olgan Xusiylar avvalroq, BAA ichki hududlarida keng ko‘lamli harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #BAA

Aloqador xabarlar