Pentagon: Rossiya Ukraina chegarasiga yaqin hududlarda harbiy kuchini oshirmoqda

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi, Rossiya so'nggi 24 soat ichida Ukraina chegarasiga yaqin hududlarda va Belorusda harbiy kuchini oshirganini ma'lum qildi.

1769716
Pentagon: Rossiya Ukraina chegarasiga yaqin hududlarda harbiy kuchini oshirmoqda

 

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi, Rossiya so'nggi 24 soat ichida Ukraina chegarasiga yaqin hududlarda va Belorusda harbiy kuchini oshirganini ma'lum qildi.

Mavzu bo’yicha kundalik matbuot anjumanida ma’lumot bergan Kirbi, Ukraina chegarasidagi o'zgarishlarni yaqindan kuzatib borayotganligini aytdi.

"Rossiyaning kuchayishiga kelsak, ruslar so'nggi 24 soat ichida o'z mamlakatlari g'arbida va Belarusda muhim jangovar kuchlarni yig’ishda davom etmoqda. U yerdagi jangovar kuchlariga qo’shimchalar kiritib, ma'lum darajada kuchini oshirayotganini guvohi bo’lyabmiz”,-deb aytgan Pentagon kotibi.

Uning ta’kidlashicha, Pentagon Ukrainaga mudofaa bo’yicha yordam qo’lini uzatmoqda.

U Pentagon nima uchun Ukrainaga havo mudofaa tizimi bo’yicha yordam yetkazmagani haqidagi savolga shunday javob berdi:

"Ukrainaga yetkazib berilgan qurollar tafsilotlariga kirmayman. Biz ular bilan ularning xavfsizligi boʻyicha doimiy muloqotdamiz. Oʻylaymanki, bu muzokaralar muhokama qilinayotgan qurollar boʻyicha davom etadi. Men hech qanday qurol yetkazib berish borasida yoki qurollarni yetkazib berish jadvali haqida aniq ma’lumot bera olmayman”,-deb aytgan u.

Shay holatga keltirilgan 8 ming 500 askar haqida ma'lumot bergan Kirbi Afg'oniston va Iroqni ishg'ol qilishda qo'llanilgan 82 va 101 havo-desant bo'linmalari bilan Texas, Arizona, Luiziana va Jorjiyadagi jami 4ta havo-harbiy bazasida tayyorgarlik holati boshlanganligini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Pentagon

Aloqador xabarlar