Koronavirusdan o'limlar D vitamini yetishmovchiligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin
Yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) holatlari va virus bilan bog'liq o'limlar D vitamini yetishmovchiligi bilan bog'liq bo'lishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.
Yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) holatlari va virus bilan bog'liq o'limlar D vitamini yetishmovchiligi bilan bog'liq bo'lishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.
Spring.org saytidagi xabarga ko'ra, olimlar Kovid-19 va D vitamini o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganuvchi tadqiqot o'tkazdilar.
Tadqiqot doirasida 20 ta Yevropa davlatining sog'liqni saqlash ma'lumotlari o'rganildi.
Tadqiqotda D vitamini tanqisligi Italiya, Shveytsariya va Ispaniya kabi mamlakatlarning keksa aholisida kuzatilgan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, janubiy Yevropa mamlakatlaridagi odamlarda D vitamini darajasining pastligi odamlarning quyosh nurlaridan qochishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Boshqa tomondan, Skandinaviya mamlakatlarida Kovid-19 bilan kasallanishning pastligi D vitamini va baliq yog'i kabi qo'shimchalardan foydalanish bilan bog'liq bo'lishi mumkinligi ta'kidlandi.
Tadqiqotda D vitamini bilan virus tufayli o'limning oldini olish mumkinligi aniqlandi.
Oldingi tadqiqotlarda D vitamini yetishmovchiligi nafas yo'llari kasalliklari bilan bog'liq bo'lishi mumkinligi aytilgan.