Burkina-Faso prezidenti harbiylar tomonidan hibsga olindi

G'arb matbuotida chop etilgan xabarda, kecha poytaxt Vagadugudagi ba'zi kazarmalarda otishma ovozlari eshitilgan, Prezident Kaborening harbiylar tomonidan qo'lga olingani bildirildi.

1767468
Burkina-Faso prezidenti harbiylar tomonidan hibsga olindi

 

Burkina-Faso prezidenti Roch Kristian Kabore bir guruh harbiylar tomonidan hibsga olindi.

G'arb matbuotida chop etilgan xabarda, kecha poytaxt Vagadugudagi ba'zi kazarmalarda otishma ovozlari eshitilgan, Prezident Kaborening harbiylar tomonidan qo'lga olingani bildirildi.

Kabore harbiy kazarmalardan biriga olib ketilgani qayd etilgan.

Kecha, Burkina-Fasoda isyon ko‘targan harbiylar 2015-yilda davlat to‘ntarishini amalga oshirishda ayblanib qamalgan general Jilber Dendereni ozod qildi.

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, harbiylar prezidentning iste’fosini talab qilgan.

Guvohlarning OAVga ma’lum qilishicha, yakshanba kuni oqshom payti prezident qarorgohi yaqinida otishma ovozlari eshitilgan, shuningdek, osmonda vertolyot ko‘ringan.

G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyatining mintaqaviy bloki (EKOVAS) harbiylarni "respublikachilik pozitsiyasini" saqlashga va hukumat bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

RFI radiostansiyasi esa yakshanba kuni ertalab Burkina-Faso poytaxtida joylashgan ikkita harbiy qismda to‘xtovsiz otishmalar eshitilib turgani haqida xabar berdi. Otishmalarning biri 2015 yilda davlat to‘ntarishini amalga oshirishda ayblangan general Jilber Dendere saqlanayotgan qamoqxonada eshitilgan. 

Hukumat ham poytaxtda otishma sodir bo‘lganini tasdiqlagan, biroq armiya hokimiyatni egallagani haqidagi xabarni rad etgan.

Dunyo bo‘yicha internet faoliyatini tahlil qilib boradigan NetBlocks tashkilotining ma’lum qilishicha, mamlakatda davlat to‘ntarishi amalga oshirildi, degan xabar tarqalgach, internet uzib qo‘yilgan.

Hozircha voqealar rivoji qanday kechishi noma’lumligicha qolmoqda, deyiladi xabarda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Burkina-Faso

Aloqador xabarlar