Angela Merkel BMTning ish to‘g‘risidagi taklifini rad etdi

Angel Merkel kanslerlik lavozimini tark etishidan biroz avval bundan buyon siyosat bilan shug‘ullanmasligini aytgandi.

1765493
Angela Merkel BMTning ish to‘g‘risidagi taklifini rad etdi

 

Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel (2005-2021) BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning tashkilot tuzilmasi bo‘yicha yuqori darajali maslahatchi bo‘lish taklifini rad etdi.

Bu haqda 19 yanvar kuni DPA agentligi sobiq hukumat rahbari byurosiga tayanib, xabar berdi.

Merkel “bosh kotib bilan shu mavzuda telefon orqali suhbatlashdi, unga minnatdorlik bildirdi, ammo taklifni qabul qilmasligini aytdi”, deb ta’kidladi sobiq kansler idorasi.

Avvalroq, Antoniu Guterrish Angela Merkelga global jamoat mollari bo‘yicha yuqori darajadagi maslahat organiga raislik qilish taklifini bildirgandi.

Eslatish joizki, Merkel 16 yil davomida kansler lavozimida ishlagan. 2018 yilda u beshinchi muddatga nomzodini qo‘ymasligini e’lon qildi.

67 yoshli Merkel 2021 yil 8 dekabr kuni bosh vazir lavozimini Olaf Sholsga topshirdi.

Sobiq kansler iste’foga chiqqanidan keyin siyosiy lavozimlarda ishlamoqchi emasligini bir necha bor aytgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Angela Merkel

Aloqador xabarlar