Nigeriyada 3 qavatli cherkovning qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Hukumat qurbonlar sonining ortishidan xavotirda ekanini aytdi.

1761224
Nigeriyada 3 qavatli cherkovning qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

 

Nigeriyaning Delta shtatida 3 qavatli cherkovning qulashi oqibatida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 10 kishi halok bo‘ldi.

Delta shtati sog'liqni saqlash komissari doktor Ononye Mordi shtatning Okpanam hududida 3 qavatli cherkov qulaganini aytdi.

Mordi vayronalar ostida 10 kishining jasadi topilganini, 8 kishining qutqarilganini ma'lum qildi.

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Hukumat qurbonlar sonining ortishidan xavotirda ekanini aytdi.

Hodisa vaqtida cherkovda 50 dan ortiq odam bo‘lgani ma’lum qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya

Aloqador xabarlar