AQShdagi yong‘in 19 kishining umriga zomin bo‘ldi

AQShning Nyu-York shahrida 19 qavatli binoda kelib chiqqan yong‘in 19 kishining umriga zomin bo‘ldi.

1760222
AQShdagi yong‘in 19 kishining umriga zomin bo‘ldi

AQShning Nyu-York shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yuz bergan va 9 nafari yosh bola jami 19 kishining umriga zomin bo‘lgan yong‘inga turar joydagi isitish moslamasining elektr nosozligi sabab bo‘lgani bildirildi.

Nyu-York yong‘inni o‘chirish xavfsizligi departamenti komissari Daniel Nigro, uyushtirilgan matbuot anjumanida Bronksning Tremont mintaqasidagi 19 qavatli binodagi yong‘inga, elektr isitgichning noto‘g‘ri ishlashi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Nigro, 9 nafari yosh bola jami 19 kishi hayotdan ko‘z yumgan voqeada, yong‘in chiqib ketgan turar joy eshigining ochiq qoldirilgani uchun tutun tezda yuqori qavatlarga tarqab, 60 dan ortiq insonni zaharlanganini ifoda etdi.

Nyu-York shahar meriyasi tomonidan berilgan ma’lumotda esa, yong‘inda halok bo‘lgan bolalarning 16 yosh va undan kichikligi, binoda yashovchilarning ko‘pchiligining Gambiyadan kelgan musulmonlar ekani qayd etildi.

Nyu-York shahar markaziga qarashli Bronks shahridagi binoda erta tongda sodir bo‘lgan yong‘inda ko‘p qavatli binodagi 63 nafar yashovchining tan jarohati olgani va ulardan 32 nafarining ahvoli og‘irligi bildirilgandi.

Nigro uyushtirgan matbuot anjumanida, tan jarohat olganlarning ko‘pchiligining ko‘p qavatli binoning yong‘in chiqqan qavati ustidagi kvartiralarda ekani va 200 kishilik bir guruh yordamida yong‘inni o‘chirishga harakat qilinayotganini ma’lum qilingandi.

Nyu-York meriyasi yong‘inda 9 nafari yosh bola jami 19 kishining hayotdan ko‘z yumgani, ba’zilarining ahvoli og‘ir o‘nlab insonning esa yaqin atrofdagi shifoxonalarda davolanayotgani ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Nyu-York , #yong‘in

Aloqador xabarlar