Braziliyadagi hodisada halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi

Mamlakat janubi-sharqidagi Furnash ko‘lida sharshara yaqinida sayyohlarni olib ketayotgan qayiqlarning ustiga katta qoyatosh qulab tushgan. Fojiada 3 kishi bedarak yo'qolgan. Ko'p o'tmay ulardan birining jasadi topilgan.

1759913
Braziliyadagi hodisada halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi

 

Braziliyaning Minas-Jerays shtatida sayyohlar sayr qilayotgan qayiqlarga ulkan qoyatosh parchasi qulashi oqibatida halok bo'lganlar soni 10 nafarga yetdi.

Minas Gerais o't o'chirish bo'limi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, mamlakat janubi-sharqidagi Furnash ko‘lida sharshara yaqinida sayyohlarni olib ketayotgan qayiqlarning ustiga katta qoyatosh qulab tushgan. Fojiada 3 kishi bedarak yo'qolgan. Ko'p o'tmay ulardan birining jasadi topilgan.

Shunday qilib, baxtsiz hodisada halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi.

Hodisada 32 kishi tan jarohati oldi, ulardan 4 nafari shifoxonada davolanmoqda. Boshqa tomondan, qidiruv ishlari yakuniga yetganligi bildirildi.

Hodisa tufayli 20 kishi bedarak yo‘qolganligi, keyin esa bulardan 16 nafarining shtatdagi shifoxonalarda ekanligi ma’lum qilindi.

Braziliya janubi-sharqidagi Minas-Jerays shtatining Kapitolio shahridagi Furnash ko‘lida sayyohlar qayiqda sayr qilayotganda, ulkan tosh bo‘lagi qayiqlar ustiga qulab tushdi. Qulagan ulkan qoyatosh 4 ta qayiqni bosib qolgan, shuningdek 2 ta qayiq toʻgʻridan-toʻgʻri va 2 tasi bilvosita zarar ko'rgan.

Mutaxassislarning taxminiga ko'ra, qoyatosh Minas Jeraysning so'nggi kunlarda kuchli yomg'ir ta'sirida yuzaga kelgan eroziya tufayli qulagan.


Tanlangan kalimalar: #Braziliya

Aloqador xabarlar