Shimoliy Koreya ballistik raketa sinovini amalga oshirdi

Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) kecha ertalab sinovdan o‘tkazilgan raketa haqida xabar berdi.

1758024
Shimoliy Koreya ballistik raketa sinovini amalga oshirdi

 

Shimoliy Koreya kecha, 5 yanvar kuni o‘zining ikkinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda mamlakatning “KNCA” markaziy axborot agentligi xabar bermoqda.  

Ma’lum qilinishicha, raketadan ajralib chiquvchi “gipersonik sirpanish kallagi” 700 km masofadagi nishonni aniq urgan. Yangi qurol ballistik raketalarga qaraganda uzoqroq vaqt davomida uchish imkoniga ega. 

"Supertovushli raketalar sinovlarida erishilgan ketma-ket muvaffaqiyatlar strategik ahamiyatga ega, chunki ular davlat qurolli kuchlarini modernizatsiya qilishni tezlashtiradi”,-deyiladi xabarda.

Hukmron ishchilar partiyasiga yaqin bo'lgan "Rodong Sinmun" milliy gazetasi raketa sinoviga doir tasvirlarni e'lon qildi.

Partiya Markaziy Qo'mitasi ushbu raketa sinovi natijalaridan "juda mamnun" ekanligini ma'lum qilindi.

Bu Shimoliy Koreya tomonidan o‘tgan yil oktyabridan buyon ilk bor uchirilgan raketa hisoblanadi.

Janubiy Koreya Bosh shtabi kecha mahalliy vaqt bilan 08:10 da Shimoliy Koreyaning Jagang hududidan raketa uchirilganini tasdiqladi.

Yaponiya hukumati ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya hududidan uchirilgan ballistik raketa Yapon dengiziga tushgan. Yaponiya mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, u 500 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Koreya

Aloqador xabarlar