AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin koronavirusga chalindi

Siyosatchi to‘liq emlangani, shuningdek, buster dozani ham olgani sababli kasallik unda emlanmaganlarga nisbatan “ancha yengil” o‘tmoqda.

1756814
AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin koronavirusga chalindi

 

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin koronavirusga chalindi. Ma'lumotga ko'ra, unda kasallik yengil shaklda kechmoqda.

Bu haqda vazirning o‘zi Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

 

Siyosatchi to‘liq emlangani, shuningdek, buster dozani ham olgani sababli kasallik unda emlanmaganlarga nisbatan “ancha yengil” o‘tmoqda.

Ostinning so‘zlariga ko‘ra, u besh kun davomida o‘zini o‘zi yakkalaydi. Bu vaqt davomida u barcha vakolatlarini saqlab qoladi va muhim uchrashuvlarda “imkon doirasida” onlayn shaklda ishtirok etadi.

Ostinning aytishicha, u koronavirusning dastlabki belgilari paydo bo‘lishidan bir hafta oldin 21-dekabr kuni AQSh prezidenti Jo Bayden bilan muloqot qilgan. U 30-dekabrdan beri Pentagon qarorgohida bo'lmagan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Lloyd Ostin , #AQSh

Aloqador xabarlar