Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Isroil Mudofaa vaziri Benni Gantz bilan uchrashdi

Isroil Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tomonidan berilgan yozma bayonotda, Gantz kecha kechqurun Rosh Haayindagi uyida Falastin Prezidenti Abbosni mehmon qilgani bildirildi.

1754138
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Isroil Mudofaa vaziri Benni Gantz bilan uchrashdi

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Isroil Mudofaa vaziri Benni Gantz bilan uchrashdi.

Isroil Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tomonidan berilgan yozma bayonotda, Gantz kecha kechqurun Rosh Haayindagi uyida Falastin Prezidenti Abbosni mehmon qilgani bildirildi.

Uchrashuvda ham xavfsizlik, ham fuqarolik sohalarida turli mavzular muhokama qilindi, deyiladi bayonotda."Uchrashuv taxminan 2,5 soat davom etdi. Isroil Mudofaa vaziri, Falastin Prezidentiga ishonchni mustahkamlovchi harakatlarini davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi". bayonotlari

Isroil munosabatlaridan mas'ul Falastin Fuqarolik ishlari boshqarmasi rahbari Husayn al-Shayx o'zining Twitter sahifasida bergan bayonotida, Prezident Abbos Gantz bilan uchrashganini aytdi.

Uchrashuvda xalqaro hamjamiyat qarorlari asosida siyosiy ufq ochish imkoniyatlari muhokama qilinganiga diqqat qaratgan Shayx, xavfsizlik, iqtisodiy va gumanitar masalalar, ayniqsa G'arbdagi yahudiy ko'chmanchilar amaliyoti tufayli yuzaga kelgan taranglikni bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Benni Gantz , #Isroil , #Mahmud Abbas , #Falastin

Aloqador xabarlar