DEASh uyushtirgan hujumda 3 kishi halok boʻldi

Iroqda DEASh tomonidan uyushtirilgan hujumda 3 kishi halok boʻldi.

1753790
DEASh uyushtirgan hujumda 3 kishi halok boʻldi

Iroqning Salohiddin shahrida DEASh terror tashkiloti tomonidan politsiya nazorat punktlaridan biriga qarshi uyushtirilgan hujumda 3 kishi halok boʻldi.

Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Salohiddin shahrining Tertar tumanidagi politsiya nazorat punktiga qarshi qurolli hujum uyushtirilgani bildirildi.

DEASh terror tashkiloti a’zolari tomonidan qoʻllanilgan avtomobildan nazorat punktiga qarshi avtomatik qurollar bilan hujum uyushtirilgani qayd etilgan bayonotda, hujumda 3 kishining hayotdan koʻz yumgani, 4 kishining tan jarohat olgani ma’lum qilindi.

Hujum ortidan terroristlarning darhol uzoqlashgani, mintaqaga koʻplab xavfsizlik kuchlari yuborilgani yetkazildi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #politsiya nazorat punktlari , #DEASh

Aloqador xabarlar