Yamanda arab koalitsiyasi husiylarga qarshi amaliyotlarda 310 nafar militsioner halok bo‘lgan

Arab koalitsiyasidan berilgan yozma bayonotda, oxirgi 24 soat ichida Yamanning Marib viloyatida hutiylarga qarshi 36 ta amaliyot o'tkazilganligi qayd etildi.

1752189
Yamanda arab koalitsiyasi husiylarga qarshi amaliyotlarda 310 nafar militsioner halok bo‘lgan

Yamandagi hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi mamlakatning Marib viloyatida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylarga qarshi amaliyotlarda 310 nafar militsioner halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Arab koalitsiyasidan berilgan yozma bayonotda, oxirgi 24 soat ichida Yamanning Marib viloyatida hutiylarga qarshi 36 ta amaliyot o'tkazilganligi qayd etildi.

Bayonotda, aytilgan amaliyotlarda 310 husiy jangari o'ldirilgani, 28 ta harbiy mashinaning esa yaroqsiz holga keltirilgani qayd etildi.

Husiylar tomonidan bu borada hech qanday bayonot berilmagan.

Uzoq vaqtdan beri siyosiy beqarorlik hukm surayotgan Yamanda 2014-yil sentabridan buyon Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan husiylar poytaxt Sana va baʼzi hududlarni nazorat qilmoqda.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yilning mart oyidan beri husiylarga qarshi Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlab keladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #310 nafar , #Yaman

Aloqador xabarlar