Bangladeshda yo'lovchi kemasida yuz bergan yong'inda 38 kishi halok bo‘ldi

Jalakati tumanidagi o‘t o‘chiruvchi Kalam Xossain Bhuiyan: “Biz hozirgacha 38 jasadni olib chiqdik",-deb bayonot bergan.

1752186
Bangladeshda yo'lovchi kemasida yuz bergan yong'inda 38 kishi halok bo‘ldi

 

Bangladesh janubidagi Suganda daryosida harakatlanayotgan yo'lovchi kemasida yong'in sodir bo‘ldi.

Yong‘in oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi.

Ma'lumotga ko'ra, ushbu voqea Bangladeshdagi Suganda daryosi bo‘yida sayohat qiluvchi kemada mahalliy vaqt bilan soat 03:00 atrofida yong‘in sodir bo‘ldi.

Jalakati tumanidagi o‘t o‘chiruvchi Kalam Xossain Bhuiyan: “Biz hozirgacha 38 jasadni olib chiqdik",-deb bayonot bergan.

Uning aytishicha, kema poytaxt Dakkadan Bargunaga harakat qilayotgan bo'lgan.

Jalakati tumani rasmiysi Zohor Ali 50dan ortiq odam kasalxonaga yotqizilganini va ulardan ba'zilarining ahvoli og'ir ekanini ma'lum qilib, qurbonlar soni yanada ortishi mumkinligini aytdi. Ba'zi yo'lovchilar bedarak yo'qolgan.

Yong‘in sabablari hozircha noma’lum, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Kema bortida 500ga yaqin odam bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #Bangladesh

Aloqador xabarlar