Madagaskarda yuz bergan kema halokatida 83 kishi halok bo'ldi

Bedarak yo‘qolganlarni qidirish va qutqarish ishlari davom etar ekan, mamlakatda milliy motam e’lon qilindi.

1751497
Madagaskarda yuz bergan kema halokatida 83 kishi halok bo'ldi

 

Madagaskarda sodir bo'lgan kema halokatida halok bo‘lganlar soni 83 kishiga yetdi.

Madagaskar Dengizchilik va daryo porti agentligining bayonotida, 20 dekabrga o'tar kechasi mamlakat shimoli-sharqida cho'kib ketgankemadagi 138 kishidan 83 nafarining hayotdan ko'z yumgani, 50 nafarining qutqarilgani, 5 nafarining bedarak yo'qolganligi qayd etildi.

"MS Francia II" nomli kemaning meyordan ortiqcha yo'lovchi olgani sababli cho'kib ketgani bildirilar ekan, jabrlanganlarga yordam berish uchun voea joyiga yetib borgan vertolyot avariyaga uchradi. Hodisada bosh vazirlik xodimi hayotdan ko'z yumgani ma'lum bo'ldi.

Bedarak yo‘qolganlarni qidirish va qutqarish ishlari davom etar ekan, mamlakatda milliy motam e’lon qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Madagaskar

Aloqador xabarlar