Haitida benzovoz portlashi oqibatida qurbonlar soni 90 nafarga yetdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, 14-dekabrga o‘tar kechasi benzovoz haydovchisining mototsiklchi bilan to‘qnashuvdan qochishga urinishi vaqtida yo‘l-transport hodisasi yuz berib, yuk mashinasi ag‘darilib ketgan.

1750448
Haitida benzovoz portlashi oqibatida qurbonlar soni 90 nafarga yetdi

 

Haitida benzin olib ketayotgan transport vositasining portlashi oqibatida qurbonlar soni 90 nafarga yetdi.

Haiti hukumati ushbu fojiali voqea munosabati bilan mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qilgandi.

Fojia Kap-Aiten shahrida yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 14-dekabrga o‘tar kechasi benzovoz haydovchisining mototsiklchi bilan to‘qnashuvdan qochishga urinishi vaqtida yo‘l-transport hodisasi yuz berib, yuk mashinasi ag‘darilib ketgan.

Shundan keyin voqea guvohlari fursatdan foydalanib, benzovozdan benzin olishga tushib ketgan. Shu vaqtda benzovoz portlagan. Buning oqibatida chiqqan yong‘in yaqin oradagi binolarga ham o‘tgan. 

Rasmiylar halok bo'lganlar soni dastlab 15 taga,  keyinchalik 90 taga yetganini, sog'lig'i og'ir bo'lgan ko'plab odamlarni davolash davom etayotganini ta'kidladi.

Kap-Aiten meri o'rinbosari Patrik Almonor voqea haqidagi bayonotida, portlashda halok bo'lganlar sonining 90 nafarga yetganini ma'lum qilgan. 

"Sodir bo'lgan voqea o'ta dahshatli. Biz ko'plab odamlarimizdan judo bo'ldik", - dedi u.

Mamlakat bosh vaziri Ariel Anri ham halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Boshqa tomondan, mamlakatda qurolli guruhlar tomonidan amalga oshirilgan blokada va xavfsizlik muammolari tufayli 700 ming kishining shoshilinch insonparvarlik yordamiga muhtoj ekanligi va jiddiy yoqilg'i inqirozi mavjudligi ilgari surilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Haiti

Aloqador xabarlar