Filippindagi to‘fon qurbonlari soni 208 nafarga yetdi

Kamida 239 kishi tan jarohati olgan, bedarak yo'qolgan 52 kishini qidirish faoliyatlari davom etmoqda. Tabiiy ofat ostida qolgan tumanlarda qurbonlar soni ortishi taxmin qilinmoqda.

1749944
Filippindagi to‘fon qurbonlari soni 208 nafarga yetdi

 

Filippinning markaziy va janubi-sharqiy qismlarini qamrab olgan “Ray” to‘foni sababli halok bo‘lganlar soni 208 nafarga yetdi.

BBC telekanali xabariga ko‘ra, tezligi soatiga 195 kilometrga yetgan to‘fon mamlakatning ko‘plab hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar va jiddiy vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan.

Qurbonlarning aksariyati Sebu va Boxol orollaridan ekani aytilmoqda.

Kamida 239 kishi tan jarohati olgan, bedarak yo'qolgan 52 kishini qidirish faoliyatlari davom etmoqda. Tabiiy ofat ostida qolgan tumanlarda qurbonlar soni ortishi taxmin qilinmoqda.

Taxminan 780 ming kishi tabiiy ofatdan jabr ko'rgani va 300 ming qishloq aholisi evakuatsiya qilingani va xavfsiz hududlardan boshpana topilgani qayd etildi.

Filippin armiyasi favqulodda yordam va qidiruv-qutqaruv ishlarini qo'llab-quvvatlash uchun mintaqaga qo'shin yubordi.

Filippinga har yili 20ga yaqin to‘fon yopiriladi. Bundan tashqari, mamlakat Tinch okeanidagi vulqonlar “olovli halqasi”da joylashgani sababli unda ko‘plab tabiiy ofatlar yuz berib turadi.

Mamlakat Prezidenti Rodrigo Duterte vaziyat bo’yicha voqea joyiga yetib borgan. Davlat rahbari jabrlangan aholiga 40 million dollar yordam o’tkazishga va’da qilgan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Xitoyning Gonkong maxsus ma'muriy hududida Tinch okeanidagi Filippin qirg'oqlariga ta'sir qilgan "Ray" to’foni tufayli trevoga e’lon qilindi.

Gonkong observatoriyasi shahardan 640 kilometr janubi-g‘arbda tropik bo‘ron tufayli shoshilinch ogohlantiruv berdi.

Observatoriyaning ma'lum qilishicha, Janubiy Xitoy dengizining shimoliy qismiga tomon soatiga 22 kilometr tezlikda harakatlanayotgan to’fon qirg'oqqa yaqinlashganda kuchi pasayadi, ammo hafta oxirigacha kuchli yog’ingarchilik kuzatilishi mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Filippin

Aloqador xabarlar