Hindiston Bosh shtab boshlig‘i general Bipin Ravat vafot etdi

Hindiston Harbiy-havo kuchlari tomonidan berilgan bayonotda, Bosh shtab boshlig‘i general Bipin Ravatning vafot etgani bildirildi.

1744797
Hindiston Bosh shtab boshlig‘i general Bipin Ravat vafot etdi

Hindiston Bosh shtab boshlig‘i general Bipin Ravatning vertolyot halokatida halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Hindiston Harbiy-havo kuchlari mavzu haqida Twitter orqali bergan bayonotida Bipin Ravat, rafiqasi Madhulika Ravat va vertolyotdagi yana 11 kishining halok chog‘ida hayotdan ko‘z yumgani qayd etildi.

Vertolyotda Bosh shtab boshlig‘i raisi Ravat, rafiqasi, ba’zi oila a’zolari va harbiy xodimlardan iborat 14 kishi bor edi.

Hindiston axborot agentligi Press Trust esa qulagan vertolyotning bir havo kuchlari bazasidan harbiy maktab tomon yoʻlga chiqqanini ifoda etgandi.

Voqea sabablarini aniqlash uchun tergov ishlari boshlatildi.



Aloqador xabarlar