BAAda shanba va yakshanba kunlari dam olish kuni deb e'lon qilindi

WAM rasmiy xabar agentligi xabar berishicha, BAA hukumati yangi ish tizimida haftalik ish stavkasini 4,5 kun qilib belgiladi. Bu 2022 yil 1 yanvardan e'tiboran kuchga kiradi.

1744346
BAAda shanba va yakshanba kunlari dam olish kuni deb e'lon qilindi

 

Birlashgan Arab Amirliklarida 2022 yil 1 yanvardan e'tiboran shanba va yakshanba kunlari dam olish kuni deb e'lon qilinadi. Bu haqda malakatning rasmiy xabar agentligi WAM xabar berdi.

Xabarga ko'ra, BAA hukumati yangi ish tizimida haftalik ish stavkasini 4,5 kun qilib belgiladi.

“Haftadagi dam olish kunlari yarim kunga uzaytiriladi, shanba va yakshanba hamda juma ish kunining yarmi dam olish kunlari bo‘ladi. Juma kuni rasmiy ish vaqti 4,5 soat - 7.30 dan 12.00 gacha deb belgilandi”,-deyiladi xabarda.

Shuningdek, juma namozi barcha masjidlarda bir vaqtda ado etiladi va soat 13:15 da boshlanadi. Shu bilan birga, davlat muassasalari xodimlari juma kunlari masofadan ishlashlari mumkin.

“Dam olish kunlarining uzaytirilishi BAA hukumatining ish va shaxsiy hayot orasidagi muvozanatni yaxshilash hamda ijtimoiy farovonlikni oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlarining bir qismi hisoblanadi. Bu shu bilan birga, BAAning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshirish borasidagi samaradorlikni yuksaltiradi”, – deyiladi rasmiy bayonotda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #BAA

Aloqador xabarlar