Iroqning Basra shahrida portlash sodir etildi

Basra gubernatori Asad Idani bu haqda Iroq rasmiy axborot agentligi INAga bayonot berdi.

1744160
Iroqning Basra shahrida portlash sodir etildi

 

Iroqning Basra shahrida portlovchi moddalar ortilgan mototsikl vositasida sodir etilgan hujumda 4 kishi halok bo'ldi.

Basra gubernatori Asad Idani bu haqda Iroq rasmiy axborot agentligi INAga bayonot berdi.

U bayonotda "Portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi”,-dedi.

Iroq hukumatining Xavfsizlik Media Tarmog'i tomonidan berilgan bayonotda, hodisaning portlovchi moddalar ortilgan mototsiklning portlashi natijasida sodir bo'lgani bildirildi.

Portlash sodir bo'lgan hududda xavfsizlik kuchlari tomonidan tekshiruvlar davom etgani qayd etildi.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Basra , #Iroq

Aloqador xabarlar