Entoni Blinken Gretsiya bosh vaziri bilan Rossiya-Ukraina mojarolarini muhokama qildi

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Blinkenning Gretsiya Bosh vaziri Mitsotakis bilan telefon orqali muloqot qilganini ma'lum qildi.

1744099
Entoni Blinken Gretsiya bosh vaziri bilan Rossiya-Ukraina mojarolarini muhokama qildi

 

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis bilan Rossiyaning Ukraina chegarasida to'planishi va ikki tomonlama investitsiyalarga oid masalalarni muhokama qildi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Blinkenning Gretsiya Bosh vaziri Mitsotakis bilan telefon orqali muloqot qilganini ma'lum qildi.

"AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalasini ko'rib chiqdi. Ular Yevropada barqarorlikni ta'minlash, jumladan, Rossiya agressiyasiga qarshi Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo'llab-quvvatlashda birdamlik muhimligini ta'kidladilar",-deb bayonot beradi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi.

Uning ta'kidlashicha, uchrashuvda AQSh va Gretsiya o'rtasidagi investitsiyalarni kuchaytirish muhimligi ham muhokama qilingan.

 


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #AQSh , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar