Ukraina urushni tugatish uchun har qanday do‘stona sa’y-harakatni mamnuniyat bilan qarshi oladi

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba, chet ellik matbuot a’zolari uchun uyushtirgan anjumanida Rossiya bilan bo‘lgan inqiroz masalasini baholadi.

1740471
Ukraina urushni tugatish uchun har qanday do‘stona sa’y-harakatni mamnuniyat bilan qarshi oladi

Ukraina, urushni tugatish uchun har qanday do‘stona sa’y-harakatni mamnuniyat bilan qarshi oladi.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba, chet ellik matbuot a’zolari uchun uyushtirgan anjumanida Rossiya bilan bo‘lgan inqiroz masalasini baholadi.

“Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya-Ukraina inqirozining hal etilishida vositachi bo‘lmoqchi ekanini bildirdi. Bu haqida qanday fikrdasiz?”-degan savolga qarshi Kuleba, Turkiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar a’lo darajada ekanini, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Erdo‘g‘an o‘rtasida yuqori darajada ishonch borligini ta’kidladi.

Ukrainaning Normandiya formatidagi faoliyatlarga sodiq qolishni davom etayotganini qayd etgan Kuleba, lekin boshqa hamkorlardan kelgan do‘stona tashabbuslarni hech qachon rad etmaganliklarini qayd etdi.

Kuleba, urushni tugatish va Ukraina hududining qaytarib olinishiga yordam berish uchun har qanday sa’y-harakatlarni mamnuniyat bilan qarshi olishlarini ta’kidlagan holda:

“Ukrainada bittagina qoida bor, Ukrainasiz Ukraina boʻyicha hech qanday kelishuv boʻlishi mumkin emas. Bu qizil chiziq. Qolgan hamma narsani mamnuniyat bilan qarshi olamiz va aytganimdek, inqirozni tugatish boʻyicha har qanday tashabbus haqida gaplashishga tayyormiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar