Guterres Omikron varianti tufayli Janubiy Afrikaning izolyatsiya qilinishidan chuqur xavotirda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterres, Omikron varianti tufayli Janubiy Afrika davlatlarining izolyatsiya qilinishidan chuqur xavotirda ekanini ifoda etdi.

1740500
Guterres Omikron varianti tufayli Janubiy Afrikaning izolyatsiya qilinishidan chuqur xavotirda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterres yangi turdagi koronavirusning (Covid-19) Omikron varianti tufayli Janubiy Afrika davlatlariga sayohat qilishni cheklagan qoidalarga e’tiroz bildirdi.

Guterres mavzu haqida bergan bayonotida, Omikron varianti tufayli Janubiy Afrika davlatlarining izolyatsiya qilinishidan chuqur xavotirda ekanini ifoda etdi.

Vaksina yetishmovchiligining variantlar uchun keng tarqash zamini ekani borasida qayta-qayta ogohlantirganini ifoda etgan Guterres, Afrikada vaksina yetishmasligi yuzasidan emlash ko‘rsatkichlarining pastligidan Afrika xalqi javobgar emasligini qayd etdi.

Guterres,

“Afrika xalqi muhim ilmiy va sog‘liqni saqlash ma’lumotlarini aniqlab, uni dunyo bilan bo‘lishgani uchun jazolanmasligi kerak”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Janubiy Afrika mamlakatlariga sayohat qilishni cheklagan mamlakatlarga murojaat qilgan Guterres, Covid-19 testi kabi samarali choralar ko‘rish orqali sayohat va iqtisodiy aloqalarga ruxsat berishga chaqirdi.

Maʼlum qilinishicha, 25-noyabr kuni Janubiy Afrika Respublikasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan “Omikron” nomi berilgan B.1.1.529 varianti aniqlangani ma’lum qilingandi.

Shu bois dunyoning bir necha davlati, Omikron varianti tufayli Janubiy Afrikaga sayohat qilishni taqiqlash haqida qaror qabul qilgandi. Bular orasida Turkiya ham bor.

 



Aloqador xabarlar