Rossiya Turkiya-Armaniston munosabatlarining yaxshilanishini qo‘llab-quvvatlamoqda

Mariya Zaharova video konferensiya orqali o‘tkazilgan matbuot anjumanida Janubiy Kavkazdagi vaziyatlar ustidan bayonotlar berdi.

1739021
Rossiya Turkiya-Armaniston munosabatlarining yaxshilanishini qo‘llab-quvvatlamoqda

Rossiya Turkiya-Armaniston munosabatlarining yaxshilanishini qo‘llab-quvvatlaganini bildirdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Mariya Zaharova video konferensiya orqali o‘tkazilgan matbuot anjumanida Janubiy Kavkazdagi vaziyatlar ustidan bayonotlar berdi.

Armanistonning Turkiya bilan aloqa o‘rnatish uchun Rossiyadan yordam so‘raganini ifoda etgan Zaharova,

“Rossiya bu jarayonda Turkiya-Armaniston munosabatlarining yaxshilanishidan manfaatdor va bu yo‘lda qadam tashlamoqda”.-dedi.

Zaharova Rossiyaning mavjud jarayonda iloji boricha har jihatdan yordam berishni davom etishini ta’kidlagan holda:

“Qo‘limizdan kelgan barcha yordamni berishga tayyormiz. Bu jarayonni boshlash, mintaqadagi umumiy vaziyatni yaxshilashga hissa qo‘shishiga ishonamiz”.-deya gapirdi.

Mintaqada tinch va barqaror sharoitlar yaratish uchun qadamlar tashlashda davom etishlarini qayd etgan Zaharova o‘z so‘zini:

“Albatta, hududdagi savdo-iqtisodiy va transport aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda”.-deya yakunladi.

 



Aloqador xabarlar