Rossiyaning Idlib aholi punktlariga uyushtirgan havo hujumida 4 nafar tinch fuqaro jarohatlandi

Suriyada Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlagan Rossiyaning Idlib deeskalatsiya zonasidagi aholi punktlariga uyushtirgan havo hujumida 4 nafar tinch fuqaro jarohatlandi.

1738726

Muxolifat samolyotlari observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiy samolyotlari Idlib deeskalatsiya zonasi chegaralaridagi Mecdeleye, Ruveyha, Marbellit va Martabi qishloqlariga havo hujumi uyushtirgan.

Idlib Fuqarolik Mudofaasi (Oq dubulg'ali) mas'ullaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Rossiya samolyotlarining Idlib janubidagi Mecdeleye qishlog'iga uyushtirgan havo hujumi natijasida 4 nafar tinch fuqaro tan jarohati oldi.

Fuqarolik mudofaa guruhlari jarohatlanganlarni yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazdi.

Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Idlib , #Rosssiya , #Suriya

Aloqador xabarlar