Birlashgan Millatlar Tashkiloti Efiopiyadagi 450 ming kishiga oziq-ovqat yordami beradi

BMT Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) Efiopiya idorasi tomonidan berilgan yozma bayonotda, oziq-ovqat yordamlarining Dessie va Kombolcha mintaqalarida muhtoj odamlarga yetkazilishi qayd etildi.

1738428
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Efiopiyadagi 450 ming kishiga oziq-ovqat yordami beradi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Efiopiyadagi 450 ming kishiga oziq-ovqat yordami beradi.

BMT Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) Efiopiya idorasi tomonidan berilgan yozma bayonotda, oziq-ovqat yordamlarining Dessie va Kombolcha mintaqalarida muhtoj odamlarga yetkazilishi qayd etildi.

Bayonotda, hukumat kuchlari bilan Tigray Xalq Ozodlik Jabhasi (TPLF) o'rtasidagi to'qnashuvlardan zarar ko'rgan 450 ming Efiopiyaga keyingi ikki hafta ichida oziq-ovqat yordami yetkazilishi bildirildi.

Bayonotda WFPning Tigrayda 2,9 million, Amharada 220 ming va Afarda 124 ming kishiga oziq-ovqat yordami ko'rsatgani, xalqaro tashkilotlardan ham yordam so'ragani bildirildi.

Efiopiya hukumati 2-noyabr kuni isyonchilarning janubga tomon harakatlarini davom ettirgan TPLF hujumlari tufayli mamlakatda favqulodda holat e'lon qildi.

TPLFning poytaxt Addis-Abebaga uyushtirishi mumkin bo'lgan hujumlariga qarshi mudofaa ishchi kuchlari tuzildi.

Xabar qilinishicha, Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmed markaziy hukumatga qarshi isyon boshlagan va kecha frontga ketgan TPLFga qarshi kurash uchun o‘z vakolatlarini o‘rinbosariga topshirgan.

Mamlakat shimolida bir yildan ortiq davom etayotgan mojarolar 2,5 millionga yaqin odamni uy-joyini tashlab ketgan, mintaqada 5 milliondan ortiq odam shoshilinch yordamga muhtoj.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #yordam , #oziq-ovqat , #Efiopiya , #BMT

Aloqador xabarlar